Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
17 mart 2023
11407Ertaga, 18 mart kuni Respublikaning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan kelayotgan siklon bilan bog‘liq bo‘lgan bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ertaga, 18 mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi. Faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
19 mart, yakshanba va 20 mart, dushanba kunlari respublika hududi bo‘yicha nam siklon o‘tishida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ba’zi viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 20 mart kuni yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi.
Ushbu kunlarda havo harorati nisbatan pasayadi va 17-20 daraja iliqni tashkil etadi.
17-19 mart kunlarida respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
21 mart – “Navro‘z” bayrami nishonlanadigan kuni kam bulutli va quruq ob-havo harorati kuzatiladi. Harorat 22-25 darajaga ko‘tariladi.
17-21 mart kunlari Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Asosan kuchsiz shamol sharqiy yo‘nalishda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
19 mart, yakshanba kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 5-10 m/s tezlikda esishi saqlanib turadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.
20 mart, dushanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.