Dam olish kunlari issiq havo chekinadi
Bu qiziq
−
11 avgust 2023
6931Joriy yilning 12-13 avgust kunlari havo harorati pasayishi kutilmoqda. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Bugun, 11 avgust kuni O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat foni respublika bo‘yicha asta-sekin pasayadi. Kunduzi hududning katta qismida havo harorati 33-36 daraja issiq atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda ham harorat 38-40 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
Dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etadi. 13 avgust kuni kunduzgi harorat 30-32 daraja, janubda 35 daraja issiqdan oshmaydi.
12-13 avgust kunlarida respublikaning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ushbu kunlarda ba’zi joylarda shamol tezligi chang-to‘zon bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi ba’zida 20-22 m/s ga yetishi mumkin.
Poytaxt Toshkentda 11-13 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Ertaga, 12 avgust kuni havo harorati 32-34 daraja, 13 avgust kuni 30-32 daraja issiq bo‘ladi.
LiveBarchasi