Dam olish kunlari issiq havo biroz chekinadi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Joriy yilning 10-11 iyun kunlari respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

9-11 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda 9-11 iyun kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9-10 iyunda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 iyun kunduzi 38-40 daraja issiq, dam olish kunlari 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Keltirilishicha, haroratning pasayishi uzoq davom etmaydi. Keyingi haftada harorat foni avvalgi 35-40 daraja issiq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-42 daraja issiqqacha bo‘lgan qiymatlarga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing