Dam olish kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
12 may 2023
9652Joriy yilning 13-14 may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgarib turadi. Ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda chang- to‘zonlari kuzatiladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. 13 may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-15 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13 mayda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 14 mayda 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 14-15 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Siradaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. 13 may kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 may kuni kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 14-15 mayda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. 13 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 may kuni kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 14-15 may kunlari esa 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. 13 may kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 may kuni kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 14-15 mayda esa kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.