Dam olish kunlari ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatiladi

Bu qiziq

image

Bugun, 14 avgust kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi quruq va mo‘’tadil issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Bu haqad Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Butun respublika hududida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi kuchsizdan o‘rtachaga yetishi mumkin, shimoliy hududlarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda uning shiddati sekundiga 23-28 metrni tashkil qilishi mumkin.

Bu kunlarda havo harorati mamlakatimiz hududining katta qismida kechasi 18-23 darajani, kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi, janubda 40 darajagacha isiydi.

Bunday ob-havo sharoitlari O‘zbekistonda avgustning o‘rtasi uchun xosdir. Avgust – yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Odatda bu davrda respublikada havo kam bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kamdan-kam kuzatiladi va asosan juda oz miqdorda yog‘adi. Bu vaqtda respublika hududining katta qismida o‘rtacha maksimal harorat 35 darajaga yaqindir.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

232

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing