Dam olish kunlari anomal issiq kuzatiladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 

Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46 darajagacha isiydi, kechalari esa 22-27 daraja atrofida, respublikaning cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 30 darajagacha bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39 darajadan yuqori bo‘lmagan. 

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

“Hurmatli mamlakatimiz aholisi va mehmonlari shunga e’tibor beringki, havo harorati 2 metr balandlikda va soyada o‘lchanadi!

Dam olish kunlari ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqayog‘ish ehtimoli bor”, deya qo‘shimcha qilgan O‘zgidromet.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing