Dam olish kunlari 42 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Bugun, 6 O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi, faqat eng chekka sharqiy hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishi ehtimoli hali ham saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35-39 darajagacha isiydi, bu ushbu kun haroratining me’yoriy qiymatlaridan 3-4 darajaga yuqori bo‘ladi.

Dam olish kunlarida tekislik hududlari bo‘yicha quruq issiq saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar kuzatiladi. Havo harorati kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 35-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42 darajagacha atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 6-8 avgust kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing