Dam olish kunlari havo salqinlaydi
Bu qiziq
−
11:43 277 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz pasayadi va kunduz kunlari 25-30 darajani tashkil etadi, ba’zi joylarda 32 darajagacha, janubda 35 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 11 sentyabr kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi. Faqat Orolbo‘yi va Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 32-35 daraja, respublika shimoli-g‘arbida 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, joriy yilning 11-12 sentyabrida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-12 sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda bugun kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 16-18 daraja, kunduzi shanba kuni 28-30 daraja, 13 sentyabr kuni 30-32 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Live
Barchasi