Dam olish kunlari havo harorati yana ko‘tariladimi?
Bu qiziq
−
24 iyul 3771 1 daqiqa
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan ob-havo prognozi ma’lumotida keltirilgan.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va yakshanba kuni 36–39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40–42 darajagacha yetadi.
Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Bugun, 24 iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzgi havo harorati 34–36 daraja, ertaga, 25 iyul kuni kechasi 21–23 daraja, kunduzi 35–37 daraja, 26 iyul, yakshanba kuni kechasi 22–24 daraja, kunduzi 36–38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Live
Barchasi