Dam olish kunlari havo harorati yana ko‘tariladi
Bu qiziq
−
11:34 665 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha harorat asosan 34-37 daraja bo‘ladi, joriy yilning 8-9 avgust kunlari 37-40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-42 darajagacha ko‘tariladi.
Ushbu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarning ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublika shimolida va cho‘l hududlarida 8-9 avgust kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi 36 daraja atrofida bo‘ladi, dam olish kunlari 37-39 darajagacha ko‘tariladi.
Havo harorati kechalari 21-24 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4–7 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust