Dam olish kunlari havo harorati pasayadi
Bu qiziq
−
24 Oktabr 6810 1 daqiqa
O‘zgidromet 25-26 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 25-26 oktyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati 24 oktyabrda 25-30 darajani, shimolda 21-26 darajani tashkil etadi. Dam olish kunlari esa havo harorati asta-sekin pasayadi va 25 oktyabrda 23-28 darajani, 26 oktyabrda 21-26 darajani, shimolda 25-26 oktyabrda 19-24 darajani tashkil etadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 28-30 daraja, 25 oktyabr kuni 25-27 daraja, 26 oktyabr kuni 24-26 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 13-15 daraja atrofida bo‘ladi.