Dam olish kunlari havo harorati me’yordan past bo‘ladi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Sinoptiklarga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonga Ural hududlaridan quruq va salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 avgustda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi24-27 m/sga yetishi mumkin.

Bugun kunduz kuni havo harorati 32-35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa yanada salqinlashadi. Kechasi va ertalab harorat 12-15° gacha pasayadi, kunduz kunlari esa 27-30° atrofida bo‘ladi. Bunday harorat foni ushbu davr uchun iqlimiy me’yordan 3-5 darajaga pastdir.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing