Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 8-9 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, keyingi kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi. Havo harorati asta sekin ko‘tariladi. 8 noyabr kuni esa 14-17 darajagacha, janubda 18-20 darajagacha isiydi. Kechalari ham havo harorati ko‘tariladi, hududning katta qismida harorat iliq bo‘ladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan faqat respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida saqlanib turadi.

Toshkentda dam olish kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi. Havo harorati 14-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 1-3 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet havo harorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing