Dam olish kunlari havo harorati 23 darajagacha pasayadi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati 33-38 daraja, janubda ba’zi joylarda 40 darajagacha bo‘lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 33-36 daraja atrofida bo‘ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Bu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing