Dam olish kunlari ham sovuq havo saqlanib qoladimi?
Bu qiziq
−
22 yanvar 2021
12495Bugun, 22 yanvar O‘zbekiston barcha hududlari Rossiyaning Moskva viloyatidan kirib kelgan sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Kun davomida mamlakatning ko‘p hududlarida qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2-5° sovuq bo‘ladi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, ertaga, 23 yanvar kuni O‘zbekiston hududlariga sovuq atmosfera fronti ta’siri saqlanib turadi, Respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.
24 yanvar, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10° gacha bo‘lgan sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0-3° iliq atrofida bo‘ladi.
Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy me’yorlardan 8-10° ga past bo‘ladi.
LiveBarchasi