Dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
20 Sentabr 2025 5200 1 daqiqa
O‘zgidromet joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 20-21 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun cho‘lli hududlarda va respublika janubida, ertaga, 21 sentyabr kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzi harorat 32-34 darajaga yetadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda va cho‘l hududlardagi ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun, 20 sentyabr kuni kunduzi havo harorati 28-30 daraja, ertaga, 21 sentyabr kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025