Dam olish kuni havo harorati ko‘tariladi
Bu qiziq
−
30 iyul 2021
8422Bugun va ertaga ham respublikamizda bunday ob-havo sharoiti saqlanib qoladi. Kam bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo haroratining kunduz kungi qiymati 32-37 darajani tashkil etadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda 17-22 m/sgacha kuchayadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iziston Respublikasi bilan yondosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 30-31 iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
1 avgusta respublikani salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Uning o‘rnini Erondan kirib keladigan issiq va quruq ob-havo massalari egallaydi. Kunduz kuni havo haroratining 35-40 darajagacha isishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.