Dallollik qilish Ozarbayjonga qoldimi? Aliyev “katta og‘a”ga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbatda Ukrainadagi vaziyat hamda Rossiya Federatsiyasining AQSH va NATO bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar muhokama qilindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.  

“Ilhom Aliyevning yaqinda Ukrainaga qilgan tashrifini inobatga olgan holda, Kiyevning buzg‘unchi chizig‘i tufayli to‘xtab qolgan Ukrainani ichki tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Vladimir Putin AQSH va ularning ittifoqchilari bilan bo‘lgan aloqalar haqida gapirdi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Rossiya Prezidenti Aliyev bilan KXSHTning Qozog‘istondagi tinchlikparvar amaliyotini ham muhokama qilgan. 

“Qozog‘istonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar yuzasidan fikr almashish chog‘ida vaziyat, xususan, KXSHT tinchlikparvar kuchlarining ishtiroki tufayli tezda barqarorlashganidan mamnunlik bildirildi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, tomonlar Rossiya-Ozarbayjon strategik sherikligini yanada mustahkamlash niyatlarini tasdiqlagan. Qayd etilishicha, suhbat Ozarbayjon tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 14 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ukrainaga bordi.  

Rasmiy axborotlarga ko‘ra, Zelenskiy va Aliyev Kiyevdagi uchrashuvda Demokratiya va iqtisodiy taraqqiyot tashkiloti (GUAM — Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova) mamlakatlarini birlashtiruvchi transport yo‘lagi yaratish istiqbollarini muhokama qilgan. Biroq ular Rossiya-Ukriana o‘rtasidagi vaziyatni haqida gaplashgani ochiqlanmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya G‘arbda Ukrainaga nisbatan o‘ziga xos tajovuzkor rejalarni inkor etmoqda. Biroq uning NATOga qo‘shilish imkoniyatini “qizil chiziqlar”dan tashqariga chiqish deb biladi hamda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilaridan bunday bo‘lmasligi uchun kafolat talab qilmoqda.  

O‘tgan haftada Rossiya G‘arb davlatlari bilan Ukraina atrofidagi vaziyat va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha uchta muzokara o‘tkazdi. Jeneva, Bryussel va Venadagi uchrashuvlar tomonlarning NATOni kengaytirish masalasiga yondashuvlaridagi farqni tasdiqladi va aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarsiz yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Aliev

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing