Dala hovli, “Tashkent city”da 2 ta uy – Bojxona posti sobiq boshlig‘i olgan poralarini nimaga sarflagani aytildi
Jamiyat
−
10 noyabr 2020
16207So‘ngi ikki yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 318 nafar xodimlari jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikka tortilgan. Bu haqda, joriy yilning 7 noyabr kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida korrupsiya holatlari, kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Tadbir davomida turli soxada uchrayotgan korrupsiya holatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
“So‘ngi ikki yilda uch nafari departament, 4 nafar Milliy gvardiya, 5 nafar sud, 7 nafar adliya, 13 ta prokuratura, 27 nafari bojxona 45 ta MIB va 170 ta ichki ishlar organlari xodimlarida korrupsion holatlar aniqlangan.
Masalan, “Ark buloq” bojxona posti boshlig‘i Jalilov boshchiligidagi bir guruh bojxona xodimlari pora evaziga turli sub’ektlar tomonidan import qilingan tovarlar qiymatini pasaytirib ko‘rsatib, davlat manfaatlariga qariyb 9 mlrd. so‘m zarar yetkazgan.
Tergov jarayonida Jalilovning uyida o‘tkazilgan tintuvda, pora sifatida olingan 311 ming dollar naqd pullar olingan”, deydi, Bosh Prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.
Uning ta’kidlashicha “Ark buloq” bojxona posti boshlig‘i Jalilov jinoiy yo‘l bilan topilgan pullar evaziga Bo‘stonliq tumanida 8 sotixli dala hovli qurganligi, “Tashkent city” majmuasidan 2 ta xonadon va 1 ta noturar joy hamda Captiva avtomashinasini sotib olganligi aniqlangan. Hozirda mazkur jinoiy guruh boshlig‘i Jalilov va uning sheriklari sud oldida javob berayotgani aytildi.
Bosh prokurorning aytishicha, korrupsiyaviy holatlar Jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi kengashlarda har chorakda tuman shahar kesimlarida qattiq muxokama qilinayotgani sabab, majlisda bunga kamroq to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Hukumat a’zolari, Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etib, turli sohalarda yuzaga kelgan korrupsion holatlar bo‘yicha o‘z fikrlaini bildirishdi.
LiveBarchasi