Dahshatli qotillik: Farg‘onada o‘g‘il pul uchun o‘z onasini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 29 yoshli o‘g‘il pul sabab kelib chiqqan janjal ortidan onasini bolta bilan o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Sud hujjatiga ko‘ra, voqea yuz bergan kuni soat 08:00 lar atrofida uch nafar o‘g‘ilning onasi bo‘lgan marhuma ayol hamda uning to‘ng‘ich farzandi, ya’ni ayblanuvchi o‘rtasida pul muammosi sababli o‘zaro tortishuv boshlangan. Janjal davomida ayblanuvchi qo‘lida bo‘lgan bolta bilan o‘z onasining bosh qismiga bir necha marotaba urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Ayblanuvchi harakatlarini davom ettirib, shu yerda turgan xo‘jalik pichog‘i bilan yerda yotgan onasining bosh qismini tanasidan uzib olgan. Shundan so‘ng, u onasining tanasini tomorqasining bir chetiga, bosh qismini esa hojatxonaning orqa tomoniga ko‘mib qo‘yib, o‘zi yashirinish maqsadida voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ariqdan suv o‘tkazish masalasida chiqqan janjal ortidan uka o‘z akasini ov miltig‘i bilan otib o‘ldirib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Farg'ona Dang'ara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing