Dahshatli qotillik! Er xotini, 2 yashar qizi va o‘zini o‘ldirdi
Jamiyat
−
09 yanvar 2020
21196Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida shafqatsiz qotillik yuz berdi. Erkak rafiqasi va qizining qotiliga aylandi hamda o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 8 yanvar kuni soat 12:00 larda Amudaryo tumani, Qipchoq ovulida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan S.D.ning uyidan o‘zi, turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan qizining jasadi topilgan. S.D.ning xotini 1995 yilda tug‘ilgan F.Sh.ning yuzini jag‘ va bo‘yin sohasida tan jarohatlari bo‘lgan holdagi, voyaga yetmagan 2 yoshli qizi A.S.ning bo‘g‘ishga xos qotillik alomatlari bilan jasadlari uy yotoqxonasidan topilgan. omborxonadan xonadon egasi S.D.ning o‘z joniga qasd qilib, o‘zini-o‘zi osib vafot etgan holdagi jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov xarakatlari olib borilmokda.