Dahshat! Jizzaxdagi YTHda 8 kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 13 mart kuni Jizzaxda Kia K5 va Nexia-2 avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda 8 kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 13 mart kuni soat taxminan 14:50 da Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan o‘tuvchi Dashtobod – Zomin – Supa – Baxmal – G‘allaorol 4R-40 yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘lda Kia K5 va Nexia-2 avtomobillari bir-biri bilan to‘qnashgan.

Oqibatda YTH ishtirokchilaring 2 nafari voqea joyida hamda 6 nafari shifoxonada vafot etgan. Kia K5 haydovchisi I.A. tan jarohatlari bilan Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

909

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing