Dahshat: Turkiyada fohishalik qilayotgan 49 o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
3-sahifa
−
29 noyabr 2023
20143Turkiyaning Sakarya shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan fohishalar faoliyatiga qarshi o‘tkazilgan maxsus operatsiyada fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 49 o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya mahalliy matbuoti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Axloq byurosi guruhlari, Sakarya Bosh prokuraturasi boshchiligida joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun Sakaryaning Qorasu tumanida 10 ga yaqin manzilda reyd o‘tkazgan.
Operatsiya davomida 61 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgani, ularning 8 nafari Ozarbayjon, 49 nafari O‘zbekiston va 4 nafari Turkmaniston fuqarolari ekani aniqlangan. Ushbu ayollarni sotish orqali intim xizmatlarni tashkil etishga esa yana bir o‘zbekistonlik Z.K. (ayol) boshchilik qilgan. Reyd davomida u va fohishalik xizmatlari uchun joy ajratgan 5 kishi ham qo‘lga olingan.
Shuningdek, ayollar bilan jinsiy aloqa qilgan 100 ga yaqin erkakning ism-familiyalari qayd etilgan ro‘yxat ham qo‘lga kiritilgan.
26 noyabr kuni Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi bo‘limlarida qo‘lga olingan gumondorlar va xorijlik ayollar sog‘lig‘i ko‘rikdan o‘tkazilar ekan, ularni deportatsiya qilish uchun viloyat Immigratsiya boshqarmasi bilan birgalikda jarayonlar boshlagan.
Sakarya ilmiy-amaliy shifoxonasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklarda fohishalik bilan shug‘ullangan 61 ayolning 4 nafarida orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OITS) aniqlangan. Natijalar batafsilroq xulosa olish maqsadida poytaxt Anqaradagi laboratoriyaga yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fohishalik bilan shug‘ullangan ayollarning asosiy mijozlari Sakarya va Kojaeli viloyatlaridan bo‘lgan. Shuningdek, mijozlar orasida Istanbuldan kelgan mehmonlar nomi ham qayd etilgan. 61 nafar ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkaklar soni 1000 nafardan oshadi.
LiveBarchasi