Dahshat! Xolandni sotib olish 355 millionga tushishi mumkin
Sport
−
18 mart 2022
11783Germaniyaning “Borussiya Dortmund” futbol klubi hujumchisi norvegiyalik Erling Xolandning transfer qilishni istagan jamoa taxminan 355 million yevro sarflashi kerak bo‘ladi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Bu miqdor Erlingni xarid qilishning barcha xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ya’ni, istalgan klub 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolasa, unga kamida 5 yillik shartnoma taklif qilishi va hujumchining yillik maoshi 30 yoki 40 million yevro atrofida bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, Erlingning agenti Mino Rayola ham ushbu sotuv ortidan katta pul ishlab olmoqchi. Xullas, norvegiyalik “maxluqqa” ega chiqish oson bo‘lmaydi. Hozirda hujumchi uchun kurashda eng qulay pozitsiyani “Manchester Siti” egallab turibdi.
Xolandning shartnomasida ko‘rsatilgan 75 million yevro tovon pulidan “Borussiya”ga bor-yo‘g‘i 50-55 million yevro tegadi. Chunki futbolchining agenti Mino Rayola bu summaning 10 million yevrosini o‘ziniki qilib oladi. Bundan tashqari, Dortmund klubi norvegiyalik avval o‘ynagan barcha klublarga bonuslar to‘lashi kerak bo‘ladi. Bu haqda Xoland “Red Bull”dan “Borussiya Dortmund”ga ko‘chib o‘tganida imzolangan shartnomada yozilgan.
Avvalroq, Erling Xolandni sotib olishni istagan klub 30 aprelgacha harakat qilmasa, uning transfer narxi 75 milion yevrodan qimmatroq bo‘lishi xaqida xabar bergan edik.
Ma’lumot o‘rnida, Erling Xolandning “Borussiya Dortmound” bilan imzolagan shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi. Ushbu mavsumda Erling “Borussiya” safida barcha musobaqalar doirasida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib 23 ta gol va 6 golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Erling Xolandni 150 million yevroga baholamoqda
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi