Devid Kemeron O‘zbekistonga kelyapti. U nimadan xavotirda?

Jamiyat

image

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron savdo, xavfsizlik va atrof-muhit bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga boradi. Bu haqda "The Independent" nashri ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Kemeron Markaziy Osiyo mamlakatlarining qiyinchilik bilan erishilgan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr almashmoqchi. Shuningdek, u Britaniya universitetlarida xorijliklarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi Chevening stipendiyalari uchun mablag‘ miqdori ikki baravar oshirilishi va kelgusi uch yil davomida mintaqa bo‘ylab rivojlanish xarajatlari uchun 50 million funt sterling ajratilishini ma’lum qilmoqchi.

Ayni paytda Kemeron Tojikistonda mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashib, biznes, iqlim o‘zgarishi va terrorizmga qarshi kurash kabi muhim sohalarda hamkorlik bo‘yicha to‘xtalgan.

Bundan tashqari, suv va iqlim muammolarini hal etish, mehnat migratsiyasi, davlatlar o‘rtasidagi havo yo‘llarini diversifikatsiya qilish yo‘nalishida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

"The Independent"ning yozishicha, butun mintaqa yetakchilari bilan muzokaralarda qirollik TIV rahbari “sanksiyalarni chetlab o‘tish, inson huquqlari va islohotlar bo‘yicha munozaralarni ilgari surish” bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

Rejaga muvofiq, u Tojikistondagi gidroelektrotexnika loyihasi, jumladan, Qirg‘izistondagi kanallarni sug‘orish maydonchasi bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, Devid Kemeronning Markaziy Osiyoga oxirgi tashrifi 2023 yil noyabr oyida bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing