COVID-19 Yevropa osmonida parvozlarga qanday ta’sir qilgani ko‘rsatildi (video)
Olam
−
04 aprel 2020
10248COVID-19 koronavirus infeksiyasi dunyo turizm sanoatini butunlay falajlantirib qo‘ydi. Buning ortidan katta-katta aeroportlaru, ming-minglab samolyotlar keraksiz bo‘lib qoldi. Chunki dunyoda aviaqatnovlar deyarli to‘xtadi.
Yevropaning havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti “Yevrokontrol” Instagram`dagi sahifasida koronavirus pandemiyasi sabab Yevropadagi aviaaloqalar qay ahvolga tushib qolganini namoyish etdi.
“Kecha (2 aprel) Fransiya havo hududida atigi 783 ta reys bo‘ldi. Bu 2019 yilning analogik davriga qaraganda 91 foizga kam. Biz bu amaliyotda qanday bo‘lishini ko‘rsatish uchun masshtabni kattalashtirdik”, deyiladi “Yevrokontrol” postida.
Darhaqiqat, videodan ko‘rish mumkinki, 2019 yil aprel boshida Fransiya havo hududida 400 dan ortiq parvoz amalga oshirilgan, 2020 yilda bu ko‘rchatkich 30 tadan ko‘proqni tashkil qilyapti. Koronavirus sabab parvozlar 10 baravardan ko‘proq kamaygan.
“Yevrokontrol” 2019 yil 31 mart va 2020 yil 29 mart kunlaridagi Yevropa osmonida amalga oshirilgan parvozlarni ham taqqoslab ko‘rgan. Videoda bir yil avval bir vaqtning o‘zida 2374 ta reys bajarilgani, hozirda esa bu raqam 278 tagacha qisqargani ko‘rinadi.
Hozirgi holat sabab ko‘plab aviakompaniyalar kasotga uchrayapti. Tizim milliardlab dollar zarar ko‘ryapti. Ammo “har ishda xayr bor” deganlaridek, ayni vaziyatda tabiat insoniyatdan dam olyapti. Ishlab chiqarish sabab ifloslanib ketgan Ekologiya biroz bo‘lsada o‘zini tiklab olyapti.
LiveBarchasi