COVID-19. O‘tgan bir kun ichida nimalar yuz berdi?
Olam
−
23 aprel 2020
10764So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 23 aprel kungi dayjestida.
Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni bugunga kelib 2 627 630 nafarni tashkil etmoqda. Hozirga qadar 183 336 bemor vafot etdi. Infeksiyadan 711 144 kishi shifo topib, tuzalib ketdi.
O‘zbekistonda 2020 yil 22 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarni tashkil qilmoqda. 22 aprel kuni koronavirus bilan bog‘liq umumiy 38 ta holat aniqlandi. Bu so‘nggi ikki hafta ichidagi eng yaxshi natija ekanligi ta’kidlandi. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.
AQSHda o‘tgan bir kun ichida 2139 kishi aniqlangan yangi koronavirus infeksiyasi bilan vafot etdi. Qo‘shma Shtatlarda infeksiyadan zararlanganlarning umumiy soni 840,897 ni tashkil qilmoqda. Pandemiya sabab mamlakatda 46 640 ta o‘lim holati qayd etilgan, 77 800 kishi koronavirus infeksiyasidan shifo topgan.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida virus bilan kasallangan yana 27 bemor vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan SOVID-19 ga olingan teslarning javobi ijobiy bo‘lgan. Ushbu bemorlarga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Vafot etganlarning yoshi 38 dan 90 gacha bo‘lgan. “Bemorlarning aksariyatida kasallik bor edi. Ularda gipertenziya, surunkali bronxit, qandli diabet, surunkali limfotsitik leykemiya qayd etilgan” deyiladi maxsus shtab ma’lumotida.
Germaniyada “Koronavirus pandemiyasi”ga qarshi kurashish uchun hukumati tomonidan kiritilgan choralar tufayli 9 may kuni “O‘lmas polk” namoyishi o‘tkazilmaydi. Bu haqda loyiha koordinatori Yana Zaugarova xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fashistlar ustidan G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda 10 minggacha odam qatnashishi mumkin. Bu esa karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish degani. “Bugun biz politsiya bilan gaplashdik. Afsuski, hech narsa qilib bo‘lmaydi - yurish bekor qilindi”, degan Zaugarova.
Kanadada ikki mingdan ortiq odam yangi turdagi koronavirus yuqtirganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti ma’lum qilgan. Mamlakatda virus bilan zararlanganlarning umumiy soni 41 650 nafarni tashkil etadi. Bemorlardan 2 080 nafari vafot etgan. Pandemiya davomida Kanadaning 14 454 aholisi koronavirus infeksiyasidan davolanishgan.
Xitoy Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib ketganlar sonini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, hozirgi paytda Xitoy kasalxonalarida mingdan kam bemor saqlanmoqda. Zararlanganlarning 93,2 foizi tuzaldi, 5,59 foizi vafot etdi. Qo‘mitaning aniq ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Xitoyda koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 82,798 nafarni tashkil etadi, ulardan 77 207 nafari davolangan va kasalxonalardan chiqarilgan.
LiveBarchasi