COVID-19: Shifoxonadagi bemorlar soni 3,6 mingdan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 7 may kuni O‘zbekistonda kunlik koronavirusdan kasallanish holatlari 381 nafarni tashkil qildi, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 7 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93 978 (+381) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 7 nafari Andijon viloyatida;
  • 11 nafari Buxoro viloyatida;
  • 7 nafari Jizzax viloyatida;
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 8 nafari Namangan viloyatida;
  • 80 nafari Samarqand viloyatida;
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 15 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 6 nafari Xorazm viloyatida;
  • 62 nafari Toshkent viloyatida;
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar;
  • Jizzax viloyatida 7 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar;
  • Samarqand viloyatida 70 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 9 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 11 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
  • Xorazm viloyatida 3 nafar;
  • Toshkent viloyatida 56 nafar;
  • Toshkent shahrida 181 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89703(+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing