COVID- 19 sababli Ispaniya malikasi olamdan o‘tdi
Jamiyat
−
28 mart 2020 19784 1 daqiqa
Ispaniya qiroli Filipp VI’ning qarindoshi Mariya Tereza Burbon-Parmskaya koronavirusga chalingani sabab 86 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda uning akasi Sikst-Genrix Burbon-Parmskiy xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mariya Tereza Burbon-Parmskaya Parijda olamdan ko‘z yumgan.
Mariya Tereza Burbon-Parmskaya akasi singari Parma Burbonlar sulolasining vakili hisoblangan. XX asrning o‘rtalarida uning otasi gersog Ksave Burbon-Parmskiy mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirusga 72 248 nafar odam chalindi. 12 285 bemor shifo topgan bo‘lsa, 5690 kishi vafot etdi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel