CONMEBOL JCHda 64 ta jamoa ishtirok etishini istamoqda

Sport

image

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) prezidenti Alexandro Dominges 2030 yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishiga umid bildirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

2030 yilgi mundialga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Shuningdek, Argentina, Urugvay va Paragvayda guruh bosqichining bittadan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“2030 yilgi Jahon chempionati Urugvay, Argentina va Paragvayda boshlanadi. Bu futbol tarixidagi Jahon chempionatining 100 yilligini 64 ta jamoa ishtirok etadigan turnir bilan nishonlash uchun ajoyib imkoniyat”, deb yozdi Dominges.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino kelajakda Jahon chempionatida ishtirok etuvchi milliy terma jamoalar sonini 64 tagacha oshirish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing