CNN jurnalistlari Tramp samolyotidan haydaldi

Olam

−

image

Oq uy CNN telekanali jurnalistlarining AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Air Force One samolyotida safar qilishini taqiqladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, CNN telekanali 26 sentyabr kuni Tramp bilan birga Tennessi shtatiga kollejlar o‘rtasidagi amerikancha futbol o‘yinini tomosha qilish uchun boradigan Air Force One samolyotida uchishi rejalashtirilganini kecha, 25 sentyabr kuni ma’lum qilgan.

Biroq Oq uyning Trampning 26 sentyabrdagi rejalari bo‘yicha jurnalistlarga yuborgan ko‘rsatmalarida CNN nomi keltirilmagan. Shu orqali ma’muriyat telekanalning Prezident samolyotidagi safarini bekor qilganini tasdiqlagan. Bu voqea Tramp “soxta xabar tarqatuvchi OAV” deb ataydigan ommaviy axborot vositalari bilan ma’muriyat o‘rtasidagi ziddiyat kuchayganidan bir hafta o‘tib sodir bo‘lgan.

CNN, MS Now va “Politico” jurnalistlari kecha, 25 sentyabr kuni ertalab Oq uyga kirishga harakat qilgan, biroq ularga tush paytiga qadar bino ichiga kirishga ruxsat berilmagan.

Shundan bir necha soat o‘tib, CNN tahririyati va MS Now telekanali jurnalisti Xitoy rahbari Si Szinpinning tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan davlat kechasini yoritishdan ham chetlatilgan.

Avvalroq, Tramp CNN, MS Now va “Politico” telekanallarining Oq uydagi akkreditatsiyalarini bekor qilgan edi. U bunga prezidentligi haqida salbiy xabarlar tarqatilganini sabab qilib ko‘rsatgan.

“Ommaviy axborot vositalari doimiy ravishda TO‘QIMA GAPLAR va YOLG‘ONLARNI yozishi yoki xabar qilishi mumkin emas”, deb yozgan Tramp o‘shanda Truth Social tarmog‘ida. 

U boshqa ommaviy axborot vositalariga nisbatan ham shunday chora ko‘rilishini bildirgan.

Oq uyning qarori prezidentlik matbuot puli jurnalistlarining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular norozilik sifatida Tramp faoliyatini videotasvirga olishni vaqtincha to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing