CNN va AFP muxbirlari Donbassda o‘qqa tutildi
Olam
−
20 fevral 2022 14486 2 daqiqa
AQSHning CNN va Fransiyaning “Agence France Presse” (AFP) telekanali jurnalistlari kecha, 19 fevral kuni Donbassda front bo‘ylab Ukraina Ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiyga hamrohlik qilayotgan paytda o‘qqa tutilgan.
Shundan so‘ng, kecha Ukraina Prezidentini qo‘llab-quvvatlovchi “Xalq xizmatchisi” partiyasi vakili Yuliya Paliychuk ham Donbassda Ukraina parlamenti a’zolari va xorijlik jurnalistlar o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan.
“Bir guruh jurnalistlar, jumladan, CNN va Fransiyaning AFP telekanali jurnalistlari shanba kuni front chizig‘i bo‘ylab Ukraina Ichki ishlar vaziriga hamrohlik qilib ketayotganida minomyotdan o‘qqa tutildi”, deyiladi CNN telekanali o‘z saytida e’lon qilgan bayonotda.
Avvalroq, “Ukraina-24” telekanali o‘qqa tutilgan ukrainalik deputatlar va xorijlik jurnalistlar jabrlanmagani haqida xabar bergan. Telekanal, shuningdek, Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy ham o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qilgan, biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Bundan tashqari ma’lum qilinishacha, kecha, 19 dan 20 fevralga o‘tar kechasi Ukraina sharqidagi Donetsk (DXR) hududidan bir necha bor kuchli portlash ovozlari eshitilgan.
Ammo, Kiyev ham DXR ham hujum uyushtirilishida bir-birini ayblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning sharqiy hududlarida joylashgan rossiyaparast, o‘zini suveren deya atovchi hududlar - Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasi (DXR) yetakchilari 18 fevral kuni aholini Rossiyaga evakuatsiya qilish haqida buyruq bergan.
Ukraina tarkibidan ajralib chiqish harakatidan bo‘lgan ikki hudud joriy yilning 17 fevral kuni Ukraina harbiylari Donbassga hujum qilganini ro‘kach qilib, Kiyevni ayblamoqda. Ammo, rasmiy Kiyev LXR va DXR tomonidan Ukraina hududiga 60 marotaba o‘q uzilganini aytmoqda. Hatto, ba’zi hujumlar og‘ir artilleriyalar yordamida uyushtirilgani ma’lum qilinmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr