CNN: AQSHda qulab tushgan uy ta’mirlanishi kerak bo‘lgan
Olam
−
29 iyun 2021
3325Floridada (AQSH) qisman qulab tushgan uydagi kvartiralarning egalari o‘z xonadonlarini ta’mirlashni rejalashtirgan bo‘lgan. Ta’mirlash ishlari 15 million dollarga baholangan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Jurnalistlarga oshkor qilingan hujjatlarga ko‘ra, ta’mirlash rejasi joriy yilning aprel oyida kvartiralar egalari birlashmasi tomonidan tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, 1 iyulga qadar uyushma a’zolari ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning bir qismini topshirishlari yoki qismlarga bo‘lib to‘lashga rozi bo‘lishlari kutilgandi. Uy egalari uyning maydoni va tartibiga qarab jami 80 000 dan 336 000 dollargacha to‘lashi kerak bo‘lgan.
2018 yilgi hisobotga ko‘ra, suv oqishi binoning beton plitasiga “jiddiy strukturaviy zarar yetkazgan”.
Ro‘yxatdagi eng qimmat ish — fasad, balkon va panjaralarni ta’mirlash 3,4 million dollarga baholangan. Telekanalning ta’kidlashicha, ta’mirlash uchun bunday qonun loyihasi ko‘plab kvartira egalari uchun “yoqimsiz syurpriz bo‘lgan”.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni AQSHning Florida shtatining Sarfsayd shahrida 12 qavatli turar-joy binosi qulab tushgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oqibatda kamida 11 kishi halok bo‘lgan va 159 kishi bedarak yo‘qolgan.
LiveBarchasi