Sirdaryoda 17 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
28 aprel 2022 8010 1 daqiqa
Joriy yilning 26 aprel kuni Sirdaryo viloyati “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida 17 yoshli yigit cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangiyer shahar “Fazilat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida 17 yoshli fuqaro O‘.S. cho‘kib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u belgilanmagan joyda cho‘milayotgan bo‘lgan.
“Voqea joyiga darhol viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi g‘avvos-qutqaruvchilari yetib borgan va hozirda qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, viloyat FVB va IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tafsilotlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr