Chuv tushirilgan belarusliklarning pullari O‘zbekistonga ham yuborilgani aniqlandi
Olam
−
26 iyul 14041 1 daqiqa
Belarusdagi kiberfiribgarlar joriy yilning ikkinchi choragida mamlakat aholisidan o‘marilgan pullarning bir qismini O‘zbekiston banklariga ham yuborgan. Bu haqda Belarus Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bunday operatsiyalarning 5,9 foizi O‘zbekiston banklariga to‘g‘ri kelgan.
O‘g‘irlangan mablag‘larning 47,2 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston va Slovakiyadan (5,9 foiz) keyingi o‘rinlardan Tojikiston (5,8 foiz) va Qirg‘iziston (5,6 foiz) joy oldi.
Bundan tashqari, belarusliklardan o‘g‘irlangan pullarni Vetnam, Malayziya, Lyuksemburg, Isroil va Chiliga o‘tkazish holatlari ham kuzatilgan.
Live
Barchasi