Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyul kuni Xalq deputatlari Chust tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi va Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi. 

Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Chust tumani hokimi lavozimiga  Bekzod Hamdamov nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma’qulladi.  

Bekzod Hamdamov 1979 yilda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2008 yilda esa Soliq akademiyasi magistraturasini tamomlagan. 

U shu kunga qadar Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Chust tumani

Baholaganlar

167

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing