“Chuqur meditatsiyada”: Kim Chen Inning ahvoli bo‘yicha ma’lumot berildi

Olam

image

Shimoliy Koreyaning rasmiy yangiliklar agentligi davlat rahbari Kim Chen In “chuqur meditatsiya”da ekanini ma’lum qildi. Bundan oldin OAVda KXDR yetakchisining ahvoli yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgandi.

CNN Kim Chen Inning salomatligi jarrohlik amaliyotidan keyin yomonlashgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, AQSH razvedkasi Shimoliy Koreya yetakchisining salomatligi yomonlashgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga tushgan.

Kim Chen Inning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabar joriy yilning 15 aprel kuni KXDR yetakchisi bobosi, mamlakatning birinchi rahbari Kim Ir Sen tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirda ishtirok etmaganidan keyin tarqaldi.

Shimoliy Koreyadagi hodisalarni yoritib boruvchi “DailyNK” nashrining xabar berishicha, Kim Chen In ko‘p tamaki chekish, yog‘ yig‘ish va charchoq sabab yurak qontomir tizimida operatsiya o‘tkazgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli. Davlat rahbari Pxenyan yaqinidagi Xyansan uyezdidagi villasida salomatligini tiklayapti.

AQSH Qurolli kuchlari Shtab rahbari qo‘mitasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jon Xayten harbiylarda OAVdagi axborotlarni tasdiqlash yoki rad qilish uchun aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing