Chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
03 Oktabr 2019
5486O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 sentyabr kuni qabul qilgan qarori bilan “Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sug‘urtalash uchun sug‘urta qildiruvchining og‘zaki yoki yozma murojaati bo‘yicha ixtiyoriy ravishda sug‘urtalovchi bilan shartnoma tuziladi.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofoti to‘laydi va unga sug‘urta polisi beriladi.
Sug‘urta hodisasi (sug‘urtalangan hayvonning nobud bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va majburan so‘yilishi) ro‘y berganda bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Sug‘urta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.
LiveBarchasi