“Chorsu”da qurilayotgan savdo markazi qulab tushgani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Chorsu” bozori yaqinidagi Sag‘bon ko‘chasida qurilayotgan savdo markazi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Olmazor tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, barcha mutasaddi tashkilotlar voqea joyiga yetib kelgan, o‘rganish davomida bino qulamagani, qolip o‘rnatishda texnik xatolarga yo‘l qo‘yilgani sababli beton olish jarayonida qoliplarning tushib ketgani, yon atrofdagi fuqarolarga va ishchilarga hech qanday zarar yetmagani aniqlangan.

“Mutasaddi tashkilotlar tomonidan qurilish normalariga rioya etilgan yoki etilmaganligi bo‘yicha tegishli xulosalar beriladi”, deyiladi hokimlik munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Chorsu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing