“Chorsu”da 49 mln so‘mlik tilla buyumlar o‘g‘irlandi. 12 yoshli bola va uning onasi ushlandi
3-sahifa
−
03 may
9047Toshkent shahri “Eski jo‘va” bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 49 million so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBga Olmazor tumanida yashovchi fuqaro M.S. tomonidan murojaat kelib tushgan. Unda fuqaro o‘zi sotuvchi bo‘lib ishlaydigan "Eski jo‘va" bozorida joylashgan zargarlik do‘koniga 28 aprel kuni noma’lum ayol o‘smir bola bilan kelgani va zargarlik buyumlarini uzoq vaqt ko‘rib, 49 million so‘mlik tilla buyumlarni tanlagani hamda sotib olish istagini bildirib qo‘liga olgan holda o‘g‘liga bergani, o‘g‘li esa darhol noma’lum tomonga qochib ketgani haqida ma’lum qilgan.
Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo‘qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o‘smir esa uning 12 yoshli o‘g‘li I.A. ekani aniqlangan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan voqea joyidan qochib ketgan voyaga yetmagan bola qo‘lga olinib, qimmatbaho buyumlar o‘rnatilgan tartibda o‘z egasiga qaytarilgan.
“Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi