Chiroqchiga kirish-chiqish yo‘llari yopildi
Jamiyat
−
09 iyun 2020
8881Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yana koronavirus aniqlandi. Shu sabab 9 iyundan boshlab tumanga kirish-chiqish yo‘llari yopilib, barcha turdagi jamoat transporti harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda Chiroqchi tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tuman hokimi Xurram Jo‘rayev va IIO FMB boshlig‘i A.Beshimqulovlar jamoat transporti va yo‘nalishsiz taksilar harakati karantin vaqtida vaqtincha to‘xtatilishi xususida Mustaqillik ko‘chasida haydovchilarga tushnchalar berishdi.
IIO FMB boshlig‘i A.Beshimqulovning ta’kidlashicha, statsionar postlarda avtotransport vositalarining kirib-chiqishi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, korxona, tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning avtotransport vositalari majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.
“Tumanga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi