Chiroqchida ona-bola va yana bir yo‘lovchi mudhish YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 12 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH soat taxminan 09:20 larda Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan 4R87 Yettitom-Qarshi avtomobil yo‘lining 53-kilometrida sodir bo‘lgan. Chiroqchi tumani Toshli hududidan harakatlanib kelayotgan Nexia-1 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, o‘z yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashgan.

Natijada har ikki avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Achinarlisi, Nexia-1 da yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki fuqaro – ona-bola, Nexia-2 da esa bir nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chiroqchi

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing