Chiroqchida kaltaklangan o‘qituvchi ishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi Shohnur Oqqo‘ziyev joriy yilning 6 aprel kuni o‘quvchilardan birining akalari tomonidan do‘pposlangani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Chiroqchi tumani “Umakay” MFY Umakay qishlog‘ida yashovchi fuqarolar O.J, O.N va X.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan joriy yilning 6 aprel kuni soat 12:30 larda jamoat joyi hisoblangan 134-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab hududida guyoki ukasi, shu maktabdagi 6-“A” sinf o‘quvchisi O.M.ga asossiz qoniqarsiz ikki baho qo‘yganini bahona qilib, o‘zining jismoniy ustunligini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida, xech bir sababsiz maktab o‘qituvchisining tanasining yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urib, bezorilik qilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgandi.

Keyinchalik, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘qituvchining do‘pposlanishini o‘z nazoratiga oldi.

Eng qizig‘i, 2 baho olib, akalarini yetaklab kelgan o‘quvchi maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdunosir Hoshimovning o‘g‘li va uni kaltaklagan yigitlar esa maktabning sobiq o‘quvchilari ekani aytilmoqda. 

Jabrlangan o‘qituvchining onasiga ko‘ra, o‘g‘li 4-kursdaligida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev "chekka hududga borib dars berish" evaziga kontraktini to‘lab bergan. Shu bois u Qarshi tumanidan 100 km uzoqda joylashgan Chiroqchi tumaniga qatnab, ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Sh.O. viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda. Uning bilaklari, beli va oyog‘iga jiddiy shikast yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing