Chiroqchida erkak jasadi qotillik alomati bilan topildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ayol fuqaroni o‘ldirdi. Qotillik iyun oyida sodir etilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 26 iyun kuni Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, To‘laqul qishlog‘ida yashagan J.Abdurasulovning jasadi yashash uyidan chamasi 200 metr uzoqlikdagi adirlikdan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyi prokuratura va IIB xodimlari ishtirokida ko‘zdan kechirilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan zudlik bilan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari tashkillashtirilgan.

Tergov jarayonida ushbu jinoyatni N.J. (ayol kishi) sodir etgani aniqlanib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan holda, sud ajrimi bilan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tuman prokurori tomonidan marhumning yaqin qarindosh-lari bilan ularning xonadoniga borgan holda suhbat o‘tkazilib, barcha vajlariga tergov jarayonida qonuniy baho berilishi tushuntirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Chiroqchi

Baholaganlar

641

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing