Chiroqchida 3 kishi YTH qurboni bo‘ldi. Ulardan biri 1 yashar bola

Jamiyat

image

Kecha, 19 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yengil avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

YTH 19 avgust kuni soat 18:30 larda, Chiroqchi tumanidagi “Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 38-kilometrida sodir bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi B.E. Nexia rusumli avtomobilni boshqarib kelayotganda, quvib o‘tish qoidalarini buzishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi O.S. boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida Nexia rusumli avtomobil haydovchisi 33 yoshli B.E. hamda avtomobildagi yo‘lovchilar 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Howo rusumli yuk avtomobil yo‘lovchisi O.T. esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH IIV

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing