Chirchiq daryosida yuzlab baliqlar nobud qilingani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosida ko‘p miqdordagi baliqlar nobud bo‘lgani haqida video tarqaldi. Videoni suratga olgan kishi unda yuzlab baliqlar ariq chetida nobud bo‘lib yotganini ko‘rsatgan. Mazkur holat bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Chirchiq daryosida nobud bo‘lgan ko‘p miqdordagi baliqlar to‘g‘risida”gi videoxabar yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasining inspektorlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan Chirchiq daryosi o‘zani bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda.

Mazkur holatga aniqlik kiritilib, kelib chiqish sabablari va amalga oshirilayotgan choralar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi qo‘mita bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida Zarafshon daryosining Navoiy viloyati Karmana tumani huduiddan oqib o‘tuvchi qismida 1000 ga yaqin baliq nobud bo‘lgani xabar qilingan edi. O‘rganish davomida jami 829 dona (486 dona tovonbaliq, 113 dona  sazan, 121 dona som baliq, 12 dona turkiston mo‘ylovdori, 97 dona Samarqand xramulyasi) baliqlar nobud bo‘lgani aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing