Chirchiqdagi portlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Maxam Chirchiq” AJ korxonasining Sintez sexida sodir bo‘lgan chaqnash sabablarini o‘rganish va kelgusida bu kabi holatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan komissiyaga Bosh vazir o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov rahbar etib tayinlandi.

Hozirda korxona hududida belgilangan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 oktyabr kuni soat 8:30 larda Chirchiq shahridagi “Maxam Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida portlash va yong‘in yuz berdi. Unda ikki kishi jarohatlandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing