Chirchiqdagi kimyoviy zavodda portlash oldidan yong‘in chiqqan – viloyat IIBB

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “MAXAM CHIRCHIQ” AJ korxonasining sintez sexida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berib, “MAXAM CHIRCHIQ” AJga qarashli 5-zavodda dastlab yong‘in sodir bo‘lgani, uning oqibatida ishlab chiqarish ob’ektida portlash vujudga kelganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat FVV va huquq-tartibot idoralari tomonidan nazoratga olingan. Hozirgi paytda zavodda yong‘inni qurshab olish va o‘chirish chorasi ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyati fuqaro muhofazasi boshlig‘i – viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli mutasaddilarga vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergan.

Kimyoviy zavoddagi portlashda jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida hozircha hech bir rasmiy idora ma’lumot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in portlash Chirchiq

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing