Chirchiqda bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonatini “jig‘ildoniga urdi”

3-sahifa

−

image

Chirchiq shahrida tijorat banki filiali bo‘limi boshlig‘i 13 nafar fuqaroning omonat uchun topshirgan 1,3 mlrd so‘mini bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Chirchiq shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bankning BXM bo‘limi boshlig‘i O.R. fuqarolardan omonat uchun qabul qilingan pul mablag‘larini bank kassasiga kirim qilmagan.

Shu bilan birga, u pullar bankka kirim qilingani haqida omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumotlar kiritib, jami 1,3 mlrd so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan O. R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 1,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing