Chirchiqda harbiylar bankomatdan pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani aytilmoqda. Mudofaa vazirligi holatga izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida 3 nafar harbiy xizmatchi tomonidan bankomatlardan pul o‘g‘irlashga urinish holati sodir etilgani bo‘yicha ma’lumotlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar toifasiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralarning qo‘shinlar tarkibida xizmat qilayotgan shaxslar kiradi.

Qo‘lga olingan harbiy xizmatchilarning Mudofaa vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘q, ular Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bo‘lgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqatishdan avval harbiy xizmatchilar qaysi bir vazirlik yoki idora vakili ekanligi aniqlangandan so‘ng, aniq faktlarga asoslangan holda tarqatilishi maqsadga muvofiqdir. Umumiy ravishda tarqatilgan ma’lumotlar barcha vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari sha’niga putur yetkazishi mumkin”, deyiladi vazirlik munosabatida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1004

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing